02.03.2022
Xalq deputatlari G’ozg’on shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi
Sessiya ishi kun tartibi;
1. 2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar to’g’risida.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-102-son qarori ijrosi to’g’risida.
3. Shaharda adliya bo’limi tomonidan 2021 yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo’llash amaliyotining holati yuzasidan olib borilayotgan ishlar to’g’risida.
va boshqa masalalar....
Sessiya ishida shahar hokimiga yangi tayinlangan muovin deputatlar jamoasiga tanishtirilib, ular tomonidan ovozga qo'yildi va bir ovozdan rozilik berildi.
Shuningdek, jonli efir orqali ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilgan ushbu sessiya ishida ma'lum sabablarga ko'ra ishtirok etolmagan deputatlar videoaloqa orqali qatnashishdi.
Ko'rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar sektor rahbarlariga, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.