02.03.2022
G’ozg’on manbashunosligi saqlanib qolgan osori-atiqalar va tarixi minglab yillargadaxldor nishonalar mazkur go’shaning shonli tarixidan so’yBugungi kunda G’ozg’on hududidalasada, ushbu manzilning qadim o’tmishi bilan bog’liq sir-sinoatlar haligacha to’liq tadqiq qilinmagan. Bir qator olimlar tomonidan bu boradagi ishlarga kirishilgan bo’lsada, ammo turli sabablarga ko’ra bu izlanishlar to’liq yakunlanmagan. Eski tarixchi alomalar ham o’z asarlarida Nurota zamini, xususan bu yerda yashagan ilm ahli hayotiga e’tibor qaratgan bo’lsada, mazkur manbalarda G’ozg’on borasidagi alohida qaydlar uchramaydi. Xususan, X asrda yashagan Narshaxiy o’zining “Buxoro tarixi” kitobida “Nur katta joy. Unda masjidi jome bor. U ko’pgina rabotlarga ega. Buxoro va boshqa joylarning odamlari har yili ziyorat uchun u yerga boradilar. Buxoro aholisi bu ishda ko’p mubolag’a qiladilar. Nur ziyoratiga borgan kishi haj qilgan (kishining) fazilatiga ega bo’ladi; u ziyoratdan qaytib kelganida tabarruk joydan kelganligi sababli shaharni havoza band qilib bezatadilar. Bu Nurni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro, deb ataydilar.
Tobeinlardan ko’p kishilar u yerga dafn etilganlar, Xudo ularning hammalaridan to qiyomatgacha rozi bo’lsin!”, deya qayd etgan. Bu yerda “U ko’pgina rabotlarga ega”, deyilganda G’ozg’on ham nazarda tutilgan bo’lsa, ajab emas. Biroq, G’ozg’onda o’sha davrlarda am aholi zich yashaganligi hamda mazkur aholi punkti muhim savdo-sotiq nuqtasi bo’lganligini e’tiborga olsak, ko’hna tarixchilar azkur go’shaning ahamiyatiga to’la e’tibor qaratishmagan, degan xulosaga kelish mumkin. G’ozg’on tarixiga oid qiziqishlar o’tgan asrning 50-60 yillaridan boshlanib, bu yerga bir necha bor arxeolog olimlar tomonidan qazishma ishlari ham amalga oshirilgan. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng,hududlar tarixini ro’yobga chiqarish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so’ng, bir qator navoiylik, nurotalik va g’ozg’onlik ilm ahli tomonidan G’ozg’on tarixini o’rganishga jadal kirishildi Bugungacha “G’ozg’on” tarixi bilan bog’liq eng muhim manba R.Asadovning “G’ozg’onnoma”2 asari sanaladi. Mazkur asar garchi to’la ilmiy risola sanalmasada, u to’laligicha G’ozg’on o’tmishiga bag’ishlangan yagona nashr hisoblanadi. Bundan tashqari, Istam Bobonazarovning “Shohimardon tarixi”3 risolasi ham G’ozg’onda joylashgan qadimiy masjid tarixiga bag’ishlangan asardir. Bundan tashqari, professor Dodo Nozilovning “Usta ustalar haqida dilkash qissalar”4, “O’rta Osiyo me’morchiligida odatlar, qoidalar va ramziy ifodalar”5 kabi va boshqa asarlarida, P.Zohidovning “Me’morlar olami”6 kitobida, nurotalik o’lkashunos Suyundik Mustafo Nurotoiyning birqator asarlarida, X.Qurbonov va boshqalar muallifligidagi “Nurota tumani: kecha va bugun”7 kitobida, bir so’z bilan aytganda Nurota hamda Karmana tarixiga oid bir qancha asarlarda G’ozg’onga oid qisman ma’lumotlar berilgan.
“G’ozg’on” toponimi “G’ozg’on” toponimining ma’nolari yuzasidan bir qancha versiya va taxminlar mavjud. Shularning eng mashhuri – “g’oziy” “jangda o’lgan”, “shahid bo’lgan (arabcha) jangchi” va tojikcha – “on” (-lar) ko’plik ko’rsatkichi birikishidan –“G’ozion” shaklida shakllangan va keyinchalik aytilishiga qulay bo’lishi uchun “G’ozg’on” shaklini olgan. Mahmud Koshg’ariyning yozishicha8, “G’ozg’on” “o’nqir-cho’nqir yer”, degan ma’noni anglatib, uy-joy qurish, ekin ekishga yaramaydigan joylarga nisbatan ishlatilgan so’zdir. Ayrim mahalliy otaxonlar “G’ozg’on” toponimining kelib chiqishini shunday izohlaydilar: Chingizxon Nurni zabt etadi. O’shanda xonning G’ozixon ismli begi shu qishloqda qolib hukmronlik qiladi va shu yerda vafot etadi. Keyinchalik qishloq “G’ozixon” nomi bilan atala boshlanadi. Mahalliy aholining toponim haqida yana bir fikri bor. Palaxmonga qo’yib otiladigan tosh “g’azbon”, deb atalgan. Yuqoridagi “g’azbon” atamasi to’g’riga o’xshab tuyuladi. Chunki G’ozg’on yaqinidagi soylardan biri ham “G’ayrut”, deb ataladi va bu ikki atamaning o’zagida bir xillik mavjud. O’zbekistonda geografik joylar lug’atida esa G’ozg’onga boshqacha ta’rif beriladi: G’ozg’on – aslida turkiy so’z bo’lib, “qozg’on” (“qoz kon”) so’zining buzilgan shakli, chunki qadimdan bu yerdan bebaho marmar tosh qazib chiqarilib, xalqi sangtaroshlik bilan shug’ullangan, degan taxmin ham mavjud. Yana bir taxmin shuki, G’ozg’on atrofidagi koriz, qishloq va aholi yashash joylari, cho’pon otarlari ham forsiy ham turkiy nomlar bilan atalgan.
Masalan, Parg’at-farg’at, koriz-kax rez, Pashshot, Chiltan, kuxir ravuq, Besh bug’doy, Yonbosh, Hindikush, Paxsa, Paxol, Navro’z, Sultonboy, Dushoxa, Chorxona, Shamolquduq, Korizi kalon, Bo’shang, Xo’jakorson, oq burgut, Dilshod, Kurka So’xta, Shahid, Kuhisiyo, Qoraqarg’a, Tumar, Changli, Olchin, Quduqcha, Uzunquduq, Esankura, Turdiboy kura, Qumcha, Arba, Kamarqo’ton, Qo’toni gum-gum, Ikrom dula, Dushocha, So’xta, Barot, Quduqu, Momarahim, Sultonboy, Jumaboy quduq va h.k. G’ozg’onda shuningdek, arabcha toponimlar ham uchraydi. Bulardan biri “Arba” dovon yo’lidir. Bu atama arabchada “darvoza”, “o’lchov birligi” ma’nolarini bildiradi.
Aholisi va turmush tarzi. G’ozg’onda Shoali, Hazrati Ali, Foyib ota, Emin ota, Umar ota, Qulochchi ota, Chilton nomlari bilan bog’liq ziyoratgohlar mavjud va xuddi shu nomdagi qadamjolarni O’zbekistonning boshqa joylarida ham uchratish mumkin. Bu nomlarning ayrimlari shu yerda yashagan kishilar bilan bog’liq bo’lsa, boshqalari garchi G’ozg’on hududida yashamagan bo’lsada, bu yerdan ziyoratga borilib, tarixiy shaxslarning haqiqiy qabridan tuproq olib kelinib, shu yerning o’zida ramziy qabr va ziyoratgohlar tashkil etilganligi bilan aloqador.
G'OZG'ON SHAHRINING O'TMISHI,HOZIRGI KUNI VA KELAJAGI HAQIDAGI ILK KITOB
KECHA VA BUGUN KITOBINI O'QISH UCHUN PASTDAGI KITOB RASMIGA BOSING!