19.01.2022
Fuqoralik ishilari bo’yicha Navbahor tumanlararo sudining 22.05.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor O.Yu.dan undiruvchi G.Sh. foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ½ qism miqdorida aliment o’ndirish to’g’risidagi ijro hujjati bo’lim ish yurituviga 04.06.2018 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo’zg’atish to’g’risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.
Qarzdor O.Yu.ning 21.05.2018 yildan 01.12.2021 yilga qadar aliment to’lovlaridan qarzdorligi 15.094.580 so’mni tashqil qilib, ushbu qarz summalarini to’lamaganligi sababli, jinoyat ishlari bo’yicha Nurota tuman sudining 27.12.2021 yildagi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 474-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuni unutmang, ma’muriy qamoq jazosi hyech kimni aliment to’lashdan ozod qilmaydi. Balki umringizni ma’lum qismida panjara ortida o’tkazishga sabab bo’ladi.
To’lqin Shokirovich Mirzayev
Majburiy ijro byurosi
Nurota tuman bo’limi boshlig’i