17.01.2022
Assalomu aleykum,
2021 yilda G’ozg’on shahridagi ko’p kvartirali uylarni ta’mirlash va tutash hududlarini obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qurish-ta’mirlash ishlari to’g’risida ma’lumot beradigan bo’lsam
Bugungi kunga qadar, G’ozg’on shahrida 13 ta ko’p kvartirali uylar mavjud bo’lib ularda 70 ta xonadonlarda 185 nafardan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda. Mazkur uylarga “G’ozg’on kommunal xizmat” Uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda.
2021 yilda shahar hokimi va viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmasi hamda shahar bo’lim sayi harakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko’p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-5152-sonli qaroriga asosan “Marmarobod” MFY Hurriyat ko’chasidagi 13 ta ko’p kvartirali uylarda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan:
13 ta ko’p kvartirali uylarning 13 ta kirish yo’laklari (podez) joriy, 13 ta yerto’la qismidagi muxandislik kommunikasiya tarmoqlari ta’mirlandi, hamda 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumiga 13 ta ko’p kvartirali uylarni tayyorlash maqsadida 13 ta yenergiya tejamkor ikki kontrli zamonaviy qozonlar o’rnatilgan bo’lib, aholi 100 foizga issiqlik tizimi bilan ta’minlangan hamda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 70 ta xonadonlarga ichimlik suvi tarmoqlari kiritish ishlari bajarildi. Mazkur ishlarini amalga oshirish maqsadida 474,0 mln.so’mga yaqin Respublika byudjetidan mablag’ ajratildi.
Yuqoridagilardan tashkari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi “2017-2021 yillarda ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2922-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida shahardagi ko’p kvartirali uylarning tutash hududlarida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan:
Ko’p kvartirali uylarning 1390 m2 uy oldi qisimidagi yo’laklari ta’mirlangan hamda 1 dona zamonaviy bolalar maydonchasi yangidan qurib foydalanishga topshirilgan bo’lib, aholiga qulay sharoitlar yaratib berildi. Mazkur obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari uchun Respublika byudjeti va mahalliy byudjetidan 315,0 mln.so’m mablag’ ajratildi.
Shahardagi ko’p kvartirali uylarda yashovchi aholiga yanada qulayliklar yaratish, yashash sharoitlarini yaxshilash borasida kelgusi yillarda ham bajarilishi lozim bo’lgan ishlar rejalashtirilgan bo’lib, 2022 yilda shahardagi Marmarobod MFY Hurriyat ko’chasidagi 13 ta uylarni mukammal va joriy ta’mirlashni dasturga kirish bo’yicha taklif berilgan. Unga ko’ra:
13 ta ko’p kvartirali uylarning oqova suv tizimini markaziy oqova suv tizimiga ulash rejalashtirilgan.
Mazkur ishlarni amalga oshirish maqsadida dastlabki hisob kitoblarga ko’ra 165,0 mln.so’m mablag’ sarflanishi aniqlangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko’p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-5152-sonli qaroriga asosan mablag’lar, shu joyiga etibor beringlar Respublika byudjeti (35%), mahalliy byudjet (35%) va Uy-joy mulkdorlari (30%) mablag’lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Ko’p kvartirali uylarning tutash xududlarini obodonlashtirish va ta’mirlash borasida Marmarobod MFY Hurriyat ko’chasidagi 13 ta ko’p kvartirali uylarda yashovchi aholi umumiy foydalanishi uchun 6 ta umumiy foydalanish hojatxonalarini qurish rejalashtirilgan bo’lib, bunda aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan.
Bugungi kunda mulkdorlarning UJMShga to’lanishi lozim bo’lgan majburiy badallarning o’z vaqtida to’lanmasligi oqibatida 110,0 mln.so’mga yaqin debitor qarzdorliklar mavjud bo’lib, ko’p kvartirali uylarda yashovchi aholiga murojaat qilmoqchiman majburiy badallarni to’lab kelgusida qarzdorliklar yuzaga kelmasligi uchun to’lov madaniyatini yo’lga qo’ysak, ko’p kvartirali uylarda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga zamin yaratgan bo’lardik.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!