YANA BIR ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI QURILADI
15.01.2022
#live #inson_qadri_uchun
G'ozg'on shahar hokimi A.Bazarov hamda shahar mas'ullaridan tashkil topgan ishchi guruh a'zolari shahardagi Guliston mahalla fuqarolari yig'ini uchun qurilishi rejalashtirilayotgan yangi, zamonaviy mahalla binosining loyihasi bilan tanishish maqsadida qurilish maydoniga tashrif buyurishdi.
Ushbu mahalla binosining qurilishi uchun chizilgan loyihalar bilan shahar hokimi tanishib, qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida o'zining takliflarini bildirib o'tdi.
Shuningdek, tashrif chog'ida o'z mablag'lari hisobidan zamonaviy dorixona tashkil qilgan fuqaroning ish jarayoni bilan tanishish ishchi guruhning navbatdan tashqari manziliga aylandi.