11.01.2022
G’ozg’on shahar Xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning o’tgan 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ?
Qisqacha quydagilarni:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyati tarkibida G’ozg’on shahar hokimligini tashkil chora-tadbirlari to’g’risida”gi
2020 yil 24 sentyabrdagi 584-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi “tuman (shahar) halq ta’limi bo’limlari tuzilmalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 315-sonli buyrug’i bilan
2021 yil yanvar oyidan G’ozg’on shahar xalq ta’limi bo’limi o’z faoliyatini to’laqonli boshladi.
Shaharda mavjud 3 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi yangidan faoliyat olib borib, maskur umumiy o’rta ta’lim maktablari da jami 1589 nafar o’quvchilar ta’lim tarbiya olib kelmoqda.
Umumta’lim maktablarining o’qish jarayoni 2 navbatda tashkil etildi.
Pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi.
Shaharda jami 148 nafar pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatib, shundan pedagog xodimlarning 121 ( 81.7%) nafari oliy, 13 (15%) nafari tugallanmagan oliy, 6 (4 %) nafari o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilar. O’qituvchilarning
4 (2,7 %) nafari oliy toifali, 26 (17,5 %) nafari birinchi toifali, 34 (22,9 %) nafari ikkinchi toifali, 57 (38,5%) nafari mutaxassis o’qituvchilar.
II. Maktab bitiruvchilarini qisqa muddatli kasb xunarga o’qitish hamda oliy ta’lim muassasalariga qamrovi yuzasidan?
Quydagilarni.
Navoiy viloyati hokimi, Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i hamda viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i o’rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq hududdagi nodavlat o’quv markazlariga hamda professional ta’lim muassasalariga qisqa muddatli kurslarda 2020/2021 o’quv yilini tugatgan 107 nafari bitiruvchilarni kasbga yo’naltirilib, bugungi kunda ularning 106 nafari (98,6%) mutaxassisliklar bo’yicha sertifikatga ega bo’lishgan.
O’tgan 2020/ 2021 o’quv yilni 107 nafar o’quvchi bitirib, shundan 98 (91,6%) nafari mahalliy va xorijiy OTMga kirgan bo’lib, shundan qolgan 9 nafarining bandligini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli qayta tayyorlov kurslarida
4 nafari, qolgan 5 nafari o’zi tanlagan kasbiga o’zini-o’zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.
III. 2021 yil fevral oyida shahardagi 2 sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga mahalliy xokimlik mablag’lari hisobidan qiymati 600 mln so’m ajratilib, qaroqsiz holga kelib qolgan issitish tizimini almashtirildi.
-o’tgan yillar mobaynida umumiy o’rta ta’lim muassasalarining toza ichimlik suvi artizan qudug’iga moslashtirilgan bo’lsa, bugungi kunda shahardagi
2 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi toza ichimlik suvi tarmog’iga ulandi.
-2021 yil “Investisiya” dasturi doirasida 3-sonli umumta’lim maktabiga qo’shimcha 120 o’rinli o’quv bino qurilib foydalanishga topshirilgan bo’lsa,
“Obod mahalla” davlat dasturi asosida 2-sonli umumta’lim maktabida 12x24 o’lchamdagi sport zal mukammal qurilib, umumta’lim maktabi to’liq ta’mirlandi.
-1-umumiy o’rta ta’lim maktabiga mahalliy xokimlik mablag’lari hisobidan qiymati 75 mln 200 so’m va uning filiali uchun 208 mln 900 ming so’m mablag’ ajratilib, binoning ichki va tashki fasat qismlari qayta ta’mirlandi,
-umumta’lim maktablari uchun buyutjet mablag’lari hisobidan qiymati
175 mln so’mlik mebel, 120 mln so’mlik kompyuter jamlammalari,
-5 muhim tashabbus doirasida qiymati 78 mln 100 ming so’mlik inventarlar olib berildi.
- kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida qiymati 12 mln so’mlik 77 turdagi o’zbek va jahon adabiyotlari olib berildi.
Sh. Ma’navitya va ma’rifat sohasi
Muassasalarda o’quvchi yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta turmush kabi salbiy illatlarni oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, 2021 yil o’tgan 11 oy davomida o’quvchi-yoshlarni yot g’oyalardan asrash, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha 150 ga yakin targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda shaxar Maxalla va oilani qo’llab-quvatlash bo’limi, shahar II Bo’limi, din vakili, Yoshlar ittifoqi shahar kengashi bilan keng ko’lamda hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi.
Bu orqali o’tgan o’quv yilida yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etilmadi.
G’ozg’on shahar Xalq ta’limi tizimida 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtrilayotgan ishlar to’g’risida ?
Qisqacha quydagilarni:
-Pedagog kadrlarni salohiyatini oshirish.
- 2022 yilda to’liq attestasiyadan o’tkazish bu orqali pedagog xodimlarning 20 nafari ya’ni (13,5 %) oliy, 28 nafari ya’ni (18,9 %) birinchi hamda 45 nafari ya’ni (30,4 %)ni ikkinchi toifali pedagoglarga o’zgartirish,
-Pedagog kadrlar uchun o’quv markazini tashkil etish,
-Umumta’lim maktablarda ma’naviy sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan chora tadbirlar rejasini ishlab chikish,
- Ta’lim muassasalarida o’quvchilarni sog’lom ovkatlanishlari uchun 3 ta umumtalim maktabida tadbirkorlarni jalb etgan holda oshxona va bufet qurilishi rejalashtirilgan,
- Ta’lim muassasalarida tibbiy xonalarni to’liq jixozlash va zarur anjomlar xamda dori-darmonlar bilan ta’minlash bunda byudjet mablag’lari hamda xomiylik mablag’lari nazarda tutilgan.
- Sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish maqsadida umumta’lim muassasasining jamoalari, o’quvchi yoshlar o’rtasida turli tuman sport ma’naviy tadbirlar, sport musobaqalari o’tkazilishi rejalashtirishgan.
- Joriy 2022 yilda 1-umumta’lim maktab filialini umumta’lim maktabiga aylantirish, hamda 1-umumta’lim maktabga qo’shimcha bino kurulishi rejalashtirilgan. Bu- maktab koyefisentini tushurish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan.
- “Shayxon” MFY hududida yangi umumta’lim maktabini tashlik etish orqali shahardagi umumta’lim maktablarining koifisentirini 0.8 foizga tushurish nazarda tutilgan.
-joriy yilda umumta’lim maktablarga moddiy texnik bazasini yangilash maqsadida qiymati 500 mln so’mlik mahalliy byudjet mablag’lari ajratilishi rejalashtirilgan.
-“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinflari o’quvchilarini
kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 30 dekabrdagi 792-sonli qaroriga muvofiq o’quvchi yoshlarni ta’lim tarbiya olishi bilar bir qatorda ularni kasb-hunarga o’qitish rejalashtrilganligini ma’lum qiladi.