"KUN QAHRAMONLARI" - OSIYO CHEMPIONLARI TAQDIRLANISHDI
04.12.2021
Oldinroq xabar qilganimizdek, G'ozg'on shahridagi "Bolalar va o'smirlar sport maktabi" da tahsil olib kelayotgan bir guruh sportchi yoshlar Toshkent shahrida bo'lib o'tgan ikkinchi Osiyo chempionatida qatnashib, munosib o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
Bugun shahar hokimligida musobaqa qatnashchilarining ota-onalari ishtirokida chempionlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari so'zga chiqib, ushbu yutuqlarga erishishida sportchilarga yaqindan yorfam bergan ustozlari hamda ota-onasiga minnatdorchiligini bildirdi. Shahar hokimi tomonidan ushbu sport musobaqasida qatnashgan sportchilar medal va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.