01.12.2021
Bunda mashina boshqaruvchisining yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, ID-karta) mavjud bo‘lsa, shuning o‘zi kifoya qiladi
Eslatma. Agar mutlaqo hujjati bo‘lmasa, unda javobgarlikka tortiladi.
Eng eʼtiborlisi, endilikda haydovchilarga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali aloqaning xavfsiz va qo‘lni band qilmaydigan texnik vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunday vositalarga quloqchin, “bluetooth” kiradi.
Eslatma. Aloqa vositalari qo‘lni band qilmaydigan, boshqaruv jarayoniga xalal bermaydigan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, transport old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda.
Eslatma. Transport vositasini boshqarish jarayonida monitordan tele-, videodasturlarni tomosha qilish taʼqiqlanadi.
MJtKning 4 ta moddasi bo‘yicha jazo miqdori huquqbuzarlikning xavflilik darajasi va xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda maqbullashtirilmoqda. Jumladan, aholining ayrim qatlamlari uchun moddiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan holat, yaʼni avtomobilda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun to‘lanadigan baʼzi jarimalar miqdorida o‘zgartirish bo‘ladi.
Xususan, oddiy fuqarolar uchun olinadigan oldingi jarima to‘lovi 27 mln. so‘m edi. Endilikda mazkur summa 1,9 mln. so‘mgacha pasaytiriladi.
Mansabdor shaxslar uchun esa avvalgi 40 mln. so‘mdan iborat jarima unduruvi 8,1 mln. so‘mgacha kamaytiriladi.