14.10.2021
AYOLLAR DAFTARIDAN TADBIRKORLIK SARI
Men Tosheva Abera Azimovna ishsizligim sababli o’zim istIqomat qilayotgan “Shayxon” mahalla fuqarolari yig'iniga murojaat qilgan edim, ishchi guruh kelib oilaviy sharoitimni o’rgandi va meni G‘ozg‘on shahar “Ayollar daftari”ning ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsizlar toifasiga kiritib, tikuvchilikka qiziqqanligim sababli menga davlat tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinasi berdilar.
Hozirgi kunda uyimda tikuvchilik faoliyati bilan shug’ullanib, oilaviy byudjetimizga daromad keltirayapman.
Bundan tashqari bir guruh g'ozg'onlik ayollar bilan Buxoro shahriga ulug’ qadamjolarni ko’rish uchun uyushtirilgan sayohatga bepul borib, juda katta taassurotlar bilan qaytdik.
Buning uchun davlatimizga, yurtboshimizga shunday sharoitlarni yaratib biz ayollarga ko’rsatayotgan yuksak e’tiborlari uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman.